QIZ BOLANING KASBI – BAXTI

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish eng dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Shu sababdan maktablarda 7-sinfdan boshlab o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlariga keng e`tibor qaratilmoqda.

Tumandagi 42-maktabda “Qiz bolaning kasbi uning baxti” mavzusida kasblar oyligi o‘tkazildi. Bunday tanlovlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilarning qiziqishi, qobiliyati, iste`dodlarini aniqlab, shuning negizida kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashishdan iborat. Tadbirda 8-9-sinflarning o‘quvchi qizlari qatnashdi. Ular ishtirokida yosh tikuvchilar, yosh to‘quvchilar, yosh suxandonlar, yosh kitobxonlar, yosh ijrochi va sozandalar, yosh rassomlar, yosh pazandalar, yosh raqqosalar yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Tanlovlar so‘nggida o‘quvchilar bajargan ishlar ko‘rgazmasi va yakuniy bayram tadbiri tashkil etildi.

Tanlovda 8- “B” sinf o‘quvchi qizlari birinchi o‘rinni, 8- “A” sinf o‘quvchi qizlari ikkinchi o‘rinni, 9- “A” sinf oquvchi qizlari uchinchi o‘rinni egallashdi. G‘oliblar va sovrindorlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

                                                                                 Hosiyat Abdujalilova,

                                                         42-maktab psixologi