NAVOIY YODI-ILA YASHAYMIZ MUDOM

Buyuk shoir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy 1441 yil 9-fevralda tavallud topgan. Yurtimizda ushbu buyuk mutafakkir, davlat arbobi A.Navoiy tavalludiga bag‘ishlab, turli kechalar, tadbirlar, Navoiyxonliklar o‘tkazib kelinadi. Yurtimizdagi hech bir shaxs ushbu kunni yodidan chiqarmaydi. Shu jumladan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Termiz tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida ham Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan  «Navoiy yodi-ila yashaymiz mudom» shiori ostida harbiy xizmatchilar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati haqida so‘z bordi.

Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiydan milliy madaniyatimiz va adabiyotimiz uchun bebaho ijodiy-ilmiy meros qolgan. Bobomizning buyuk va bebaho nodir adabiy asarlari asrlar osha dunyo xalqlarini ham o‘ziga jalb etib kelmoqda. Yurtimizda ham buyuk bobokalonimiz ijodi doimiy ravishda o‘rganilib kelinmoqda.

                                                                                       Sardor Xolmamatov,

                                                                                              katta leytenant