VATAN HIMOYASI OLIY BURCH!

Inson dunyoga kelar ekan, o‘z orzu-umidlarining ro‘yobga chiqishi, maqsadlarining amalga oshishi haqida o‘ylaydi va tinimsiz harakat qiladi. Bir insonning unib-o‘sishi, kamolotga yetishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishda avvalo uning oilasi mustahkamligi, mahallasi obodligi, yurtining tinchligi ham katta ahamiyatga ega. Bunday imkoniyatlarni bizga yaratib berayotgan Yurtboshimiz va vatanimizning har bir qarich yerini tun-u kun, har lahza ehtiyotkorlik bilan himoya qilayotgan, uni ko‘z qorachig‘idek asrab avaylayotgan, vatanimizga bo‘lgan sadoqatini doim qalbida saqlab va unga munosib harakat qiladigan Vatan himoyachilarining o‘z o‘rni bor, albatta. Men barcha Vatanimiz posbonlarini bunday yuksak va sharafli kasblarida sadoqatini ko‘rsatayotgani uchun 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganining 32 yilligi munosabati bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman! Yurtimizdan Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi va To‘marislardek mard va jasur avlodlar yetishib chiqaversin. Yurtimiz bayrog‘i doim ko‘kda xilpirasin.

     Nazira XURRAMOVA,

Qumqo‘rg‘on agrotexnologiyalar texnikumi 2-bosqich talabasi