MIZOJ

(Davomi. Boshi o‘tgan sonlarda).

MIZOJNING BELGILARI

Qo‘l bilan ushlab ko‘rganda. Bunda ham mo‘tadil holatni topishimiz kerak. Tashqi ta’sirlar bo‘ladigan bo‘lsa, uni e’tiborda tutish lozim. Masalan, kir yuvuvchining qo‘l terisi zararlanganini yoki ko‘p cho‘milib terisi hurpayganini hisobga olish kerak. Badandagi  mushaklar  holati  va  yog‘  miqdoridan.

Issiq mizojli kishilarda yog‘ va moylar kam, mushaklar ko‘p bo‘ladi. Go‘sht ham, yog‘ ham ko‘p bo‘lmasa, issiq-quruqlik belgisidir.

Agar mushaklar rivojlangan va yog‘ kam bo‘lsa, issiq-ho‘llik  belgisidir.  Badanda  yog‘  va  moy  ko‘p  bo‘lsa, sovuqlik va ho‘llik haddan tashqari oshganini bildiradi.

MIZOJGA QARAB ISTE`MOL QILISH

Mana, siz o‘zingizning mizojingizni bildingiz. Xo‘sh, endi nima qilmoqchisiz? Organizmimiz uchun qanday qilsak, iste’mol qilayotgan taom va mevalar hamda turli xil ichimliklar ziyon qilmaydi? Buning uchun nimalarga e’tibor qilish kerak? Shunga o‘xshash savollarga quyidagicha javob beramiz: Eng avvalo, tug‘ma mizojimizni aniqlab olishimiz kerak. Tug‘ma mizoj irsiy bo‘lib, ota-ona va ajdodlardan o‘tib  kelayotgan  mizoj  tufayli  yuzaga  chiqadi.  Tug‘ma mizojni inson hayoti davomida bir xil saqlash yoki qismangina o‘zgarish holatida saqlash insonning sog‘lom bo‘lish va kasal bo‘lmaslik omillaridan biridir. Orttirilgan mizojni ham yaxshi bilmoq kerak. Bu mizoj inson hayoti davomida yegan ovqatlar, iste’mol qilgan ichimliklar, tashqi muhit (ob-havo, ekologiya) va  nafsoniy  holatlar  (asabiylik,  g‘azablanish,  g‘am chekish, nafrat, qo‘rqish va kuchli hayajon) ta’sirida tug‘ma mizoj asosida shakllanadi.

Demak, yuqoridagi belgilar asosida tanada shakllangan  mizojni  shartli  ravishda  to‘rt  guruhga bo‘lamiz. Aslida, ilmiy jihatdan shakllangan bu mizojni yetmish turgacha ajratish mumkin.

XULOSA: Har bir kishi o‘zining mizojini bilgandan keyin, imkon darajasida shu mizojni saqlashga va uning o‘zgarib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilishi kerak. Buning uchun o‘ziga mos taom va mevalarni  tanlay  bilishi  sog‘lig‘iga  foydalidir.  Biz quyida mevalar mizojining darajasi va zararlarini ko‘rsatib o‘tamiz. Tabiat  va  muhit  inson  vujudiga  kuchli  ta’sir o‘tkazar ekan, yillar davomida inson ham shu muhitga moslashib, chiniqib yashab kelmoqda. Lekin hozirgi davrda vaziyat o‘zgarib, ancha qulayliklar yuzaga chiqishi insonlar mizojining o‘zgarishiga olib kelayotir. Masalan, sovutgich va konditsionerlar ma’lum miqdorda inson  mizojiga  teskari  ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Yoki saqlash sharoitlari yaxshilangani tufayli sovuq qish kunlarida ham ho‘l mevalar ko‘p iste’mol qilinmoqda. Bu esa qishda balg‘am ko‘paygan paytda yana qo‘shimcha bo‘lmoqda. Chunki ho‘l mevalarning ko‘pi sovuq mizojdir. Aslida qishda quritilgan issiq mizojli mevalar yeyish maqsadga muvofiq.

ME`DA AHVOLI

Ovqatni  ko‘tara  olish  darajasi:  odatdagidan ko‘ra ko‘proq ovqatni ko‘tara olsa, me’da kuchlidir, odatdagidek taomni ko‘tarsa, quvvati joyida.

Axlat: rangi sariq bo‘lsa, hazm yaxshiligini bildiradi. Uning rangi me’dada qanday xilt borligidan darak beradi. Hazm bo‘lmagan ovqat me’da kuchsizligini ko‘rsatadi. Axlatning sariq va suyuqligi uning vaqtidan  oldin  tushganligini  bildiradi.  Tutuvchi quvvat kuchsiz bo‘lsa, axlat suyuq bo‘ladi, hazm qiluvchi quvvatni ham kuchsizlantiradi.

Yel: badbo‘yligi, garchi ovozi past bo‘lsa ham, hazm kuchsizligini bildiradi. Yengil past tovushda chiqqani me’da kuchsizligini ko‘rsatadi. Hiqichoq: achishganlik sezsa, me’da sohasida o‘tkir achchiq nordon xilt bor. Tortishganlik sezsa, me’dada yel bor. Bularning hech qaysisi bo‘lmasa, tashnalik ham bo‘lmasa, balg‘am bor. Agar hiqichoq surgi va isitmalardan keyin bo‘lsa, me’dada quruqlik bor. Tashnalik: ko‘pincha, issiq mizojga belgi bo‘ladi. Ko‘ngil aynishi bo‘lsa, sho‘r shilliq moddasiga yoki safroga tegishli. Agar tashnalik issiq suv ichish bilan bosilsa, sho‘r va buraqli shilliq bo‘ladi. Agar u ortsa, safro bo‘ladi. Og‘iz va til holati: til dag‘allashib qizarsa, me’dada qon ko‘payganidan yoki qonli shish borligidan; sarg‘aysa, safrodan; qoramtirlik savdo; oqish va sut ranglisi rutubatdan; qurib tursa, quruqlikdan dalolat qiladi. Hazm  qilish:  me’daga  ovqat  tushishda  og‘irlik, quldirash, damlik, kekirish, tutuq va nordon maza, hiqichoq,  uyishish  va  tortishish  paydo  qilmasa, hazmning yaxshiligiga dalildir. Safro hazmni kuchsiz buzadi, savdo esa hazmga va uni yetiltirishga to‘sqinlik qilib, ikkalasini ham buzadi. Issiqlik esa safrodan ham ko‘proq buzadi. Og‘riq: tortishib og‘rish yelga, og‘irlik bilan og‘riq to‘liqlikka dalolat qiladi, achishib og‘rish nordon, o‘tkir-taxir va achchiq xilt borligini bildiradi. Ishtaha: kuchli me’da yog‘li narsani talab qiladi. Kuchsizlik o‘tkir sho‘r, nordon narsalarni talab qiladi. Qizituvchi narsalarni talab qilsa, sovuqlik bor va  aksincha, parchalovchi o‘tkir nordon narsalarni istasa, shilliq bor. O‘tkir ishqor va buzuq ishtahalikda buzuq xilt bordir. Issiq me’dada ishtaha yaxshi bo‘ladi.

Og‘iz mazasi: Achchiqligi issiq va sovuqdan, nordonligi me’daning sovuqligidan. Taloq sababli nordon bo‘lsa, ishtaha yaxshi, lekin hazm buziladi. Damlik va quldirash ko‘payadi. Mazasizligi shilliqni bildiradi. Sho‘rligi sho‘r shilliqni, yomon va yoqimsiz maza esa yomon xiltni bildiradi. Qusish  bo‘lsa, yopilgan va shimilgan xilt bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan ko‘ngil aynisa, boshqa a’zolardan quyilayotgan bo‘ladi. Doimiy bo‘lsa, me’dada doimiy yomon xilt tug‘ilayotgan bo‘ladi. Rangi qora bo‘lsa, savdoga  dalolat  qiladi,  shilliqburun  shilliqsimon bo‘lsa,  boshqa  a’zolardan  tushayotgan  narsa  bo‘ladi, yanayam to‘g‘rirog‘i, nazla miyadan tushayotgan shilliqqa dalolat  qiladi.  Rutubat  sababli  qusish  ochlikda ham  bo‘laveradi.  Me’da  kuchsizlanganda  esa  faqat ovqatlanayotganda qayt qiladi. Qorin quldirashi me’daning kuchsizligiga dalildir. So‘lak ko‘pligi va ko‘pikligi rutubatdan, og‘iz suvining qurib qolishi me’da quruqligidan. Agar so‘lak yopishqoq bo‘lib, og‘iz qurisa, me’dadagi qo‘zg‘algan va boshdan tushgan yopishqoq xiltga dalolat qiladi. Kekirish  olovsimon  moddadir.  Sassiq-nordon, bug‘simon tutun hidli bo‘ladi. Kekirik nordon ovqat yeyilmagan paytda ham nordon bo‘lsa, sovuqdan bo‘ladi. Bu hol asal kabi yeguliklarni yeb sinab ko‘riladi. Sovuq modda bo‘lsa, me’da og‘zida og‘irlik bo‘ladi. Xohish  yoqadigan  va  yoqmaydigan,  zarar  keltiradigan bilan sovituvchi, ho‘l, quruq sezadigan, ammo ba’zan sovituvchilar suvsimon suyuq xilt achishishi va  sho‘rligini  so‘ndiradi.  Qizdiruvchi  esa  issiqni haydaydi. Me’dadagi o‘zgarishlarni sezish. Achishish va alangalanish  achchiq  va  sho‘r  modda  borligidan,  og‘irlik shilliqdan, achishish bilan og‘irlik bo‘lsa, quyuq modda, alangasiz achishish nordon xilt borligini bildiradi.

Qizdiruvchilar haqida. Mo‘tadil ovqatlar, issiq haroratlar, masalan, mo‘tadil uqalash, mo‘tadil badantarbiya qilish, kuchli issiq ovqatlar, issiq dorilar,  zichlanish  (ya’ni,  gavda  yuzasida  zichlashishi bug‘larni chiqarmaydi). Gavda ichidagi siyraklanish bug‘ni tashqariga chiqarish bilan qizitadi, chirish yot issiqlik tug‘diradi. Sovituvchilar. Haddan tashqari harakat yoki haddan tashqari  harakatsizlik  tug‘ma  issiqlikni  bug‘adi. Ichimlik  va  ovqatlarni  haddan  tashqari  ko‘p  yeb-ichish, sovuq ovqatlar va dorilar iste’moli, uzoq vaqt hammomda bo‘lish, o‘ta darajada bo‘shashish (surgi va siydiruvchilar) ham sovituvchilardir. Ho‘llovchi sabablar. Harakatsizlik, uyqu, qurituvchi xiltning chiqarib tashlanishi.

Qurituvchilar.  Harakat,  uyqusizlik,  kam ovqatlanish, jinsiy aloqa, qurituvchi dorilar, quruq ovqatlar. bug‘larni chiqarmaydi). Gavda ichidagi siyraklanish bug‘ni tashqariga chiqarish bilan qizitadi, chirish yot issiqlik tug‘diradi.

Sovituvchilar. Haddan tashqari harakat yoki haddan tashqari  harakatsizlik  tug‘ma  issiqlikni  bug‘adi. Ichimlik  va  ovqatlarni  haddan  tashqari  ko‘p  yeb-ichish, sovuq ovqatlar va dorilar iste’moli, uzoq vaqt hammomda bo‘lish, o‘ta darajada bo‘shashish (surgi va siydiruvchilar) ham sovituvchilardir.

Ho‘llovchi sabablar. Harakatsizlik, uyqu, qurituvchi xiltning chiqarib tashlanishi.

Qurituvchilar.  Harakat,  uyqusizlik,  kam ovqatlanish, jinsiy aloqa, qurituvchi dorilar, quruq ovqatlar.

                                                            Abdurashid Safarov,

                                 Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi

                                                                       (Davomi bor.)