Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy islohotlarning borishi, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish orqali aholi bandligini ta`minlash, turmush farovonligini oshirish hamda tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi.
Hosilning barakasi mehnatda
Surxondaryo viloyati hokimi U. Qosimov “Normat O‘razali” fermer xo‘jaligi faoliyatini o‘rgandi. Shudgorlash, tekislash, ariqlarni betonlash, dala chetlariga tut ko‘chatlarini ekish hamda g‘allani bargidan oziqlantirish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
Patronaj hamshira salohiyati- salomatligimiz mezoni
Aholi salomatligi yo‘lida ishlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Tumanimizdagi “Umid nihollari” mahallasida joylashgan 35-sonli oilaviy poliklinikada patronaj hamshiralar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, fitoburchaklar tashkil etish holati o‘rganildi. Muhtaram Yurtboshimiz ta`kidlaganidek hududda kasalliklar dinamikasi va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora -tadbirlar taqdimot qilindi.
Yangi uylar – yangi orzular makoni
“Bog‘aro ” mahallasida qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli uy – joylar loyihasi taqdimot qilindi.
“Ibrat farzandlari”- “IT” markazida
Bugungi kun yoshlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Yoshlardan faqat ilm olish va izlanish talab etiladi. Viloyat hokimi U. Qosimov tumandagi “IT” markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali xorijiy tillarni o‘qitish yuzasidan taqdimotlar qilindi.
Kitob mutolaasi – aqlimiz xazinasidir
Surxondaryo tajribasi sifatida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib viloyatimizda amalga oshirilayotgan “Ma`naviyat sektor”lari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Albatta, bunda kutubxonalarning o‘rni katta ahamiyatga ega. Agro texnologiyalar texnikumida joylashgan tuman Axborot – kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Rayhon Mengziyayeva