Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasiga 2023 yil 10 oyi mobaynida 1075 ta murojaatlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 651 tasi yoki 92,74% qanoatlantirilgan. Qayd etilgan murojaatlarda eng ko‘p ish bilan ta’minlash, maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash va qurish, chorvachilikni rivojlantirish uchun kredit, muhtojlarga bir martalik moddiy yordam, elektr tarmoqlari uskunalari (simyog‘och ustun, transformator punkti) ta’mirlash va o‘rnatish, firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha, aliment undirish hamda ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar kabi dolzarb masalalar ko‘tarilgan.
2023 yil10 oyi mobaynida Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasi tomonidan 96 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ularning barchasi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ijobiy hal etildi.
R.To‘xtayev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumani Xalq qabulxonasi mudiri
Madhiyam – faxrim
Mustaqil O‘zbekistonning madhiyasi 1992 yilning 10 dekabrida Oliy Kengashning XI sessiyasida qabul qilingan.
So‘zlarini shoir Abdulla Oripov, musiqasini bastakor M. Burhonov yozgan.
Bu yil 2023 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining qabul qilinganligiga 31 yil to‘ladi va Respublikamizda keng nishonlanadi.
Ta’lim muassalarida har yili yangi o‘quv yili boshlanishidan tortib tugashi bo‘ladimi va sportchilarimizning Jahon arena maydonlarida va Respublikamizda o‘tkazilayotgan sport musobaqalarida yuqori o‘rin oltin medallarni olgan vaqtlarida davlatimiz bayrog‘i ko‘tarilib, davlat madhiyasi yangraydi. Davlat madhiyasi yangrashi bu respublikamizda yashayotgan har bir insonning ko‘ksini g‘urur va iftixor bilan to‘ldirib, har bir inson shu O‘zbekistonda yashayotganligidan faxrlanib yashaydi.
I.Umarov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumani Xalq qabulxonasi mutaxassisi
Gerbimiz – iftixorimiz
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning X sessiyasida tasdiqlangan. Gerbda davlatning milliy-siyosiy, iqtisodiy xususiyatlari, ijtimoiy va davlat tuzumi, geografik va boshqa belgilari o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega; daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida 8 burchakli yulduz tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasviri bor. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi-qanotlarini yozgan xumo qushi ko‘rinadi.
Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasida “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.
E. Mamatqulov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumani Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi