OIV infeksiyasining oldini olish va unga qarshi kurashishda to‘g‘ri va o‘z vaqtida berilgan ma’lumotlarning ahamiyati juda kattadir. Viloyatimizda aholi orasida OIV infeksiyasining oldini olish va OIV infeksiyasining hozirgi zamon diagnostikasi laborator tahlillar samaradorligi borasida tushuntirishishlarini olib borish orqali kasallikning darajasini kamaytirish mumkin.
Viloyatda OIV infeksiyasini erta aniqlash maqsadida birlamchi immunoferment analiz (IFA) tekshiruvlari viloyat OITSga qarshi kurash markazi laboratoriya majmuasida, Denov tuman tumanlararo OIV diagnostika laboratoriyasida, Sherobod tuman tumanlararo OIV diagnostika laboratoriyasida, Sho‘rchi tuman OIV diagnostika laboratoriyasida, Qumqo‘rg‘on tuman OIV diagnostika laboratoriyasida va Sariosiyo tuman tumanlararo OIV diagnostika laboratoriyasida, Viloyat qon quyish markaz laboratoriyasida olib borilmoqda. Keyingi yillarda o‘ta sezgir va specefik 3-4 avlod test sistemalari ishlatilishi OIVni erta aniqlashda samarali qo‘llanilib kelinmoqda.
Viloyatimizda mavjud laboratoriyalarda IFA tekshiruvlarini to‘liq va yuqori samarali bo‘lishini ta’minlash maqsadida laboratoriyalarni uzluksiz ravishda test-sistemalar bilan ta’minlash,laboratoriyalarni yetarli darajada zamon talabiga javob beradigan tibbiy jihozlar bilan ta’minlash tibbiy xodimlarning bilim saviyasini oshirish bugungi kun talabidir.
Hozirgi kunda viloyatimizning barcha davolash profilaktika muassasalarida OIV infeksiyasini aniqlash uchun sharoitlar yaratilgan. Fuqarolardan olingan qon namunalari viloyat va tumanlararo OITS diagnostika laboratoriyalarida tekshirilmoqda. Ushbu tahlillarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan vrach laborantlar va o‘rta tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hurmatli viloyatimiz fuqarolari Sizlardan OIV infeksiyasini yuqtirib olish xavfi tug‘dirgan omillar kuzatilsa, o‘zingizni ushbu kasallikni yuqtirib olgan yoki olmaganingizni aniqlash hamda yaqinlaringiz, oila a’zolaringizga kasallik yuqishini oldini olish maqsadida Viloyat OITSga qarshi kurash markazi hamda tumanlararo OITS diagnostika laboratoriyalariga murojaat etishingiz hamda laboratoriya tekshiruvidan bepul o‘tishingiz mumkin. OIV/OITS masalalari bo‘yicha malakali mutaxassislardan barcha maslahatlarni olishingiz mumkin.
SH. Hudoyberdiyeva,
Viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi
F. Ashurov,
Qumqo‘rg‘on tuman tumanlararo OITS laboratoriyasi mutaxassisi