SAYYOR SUD TASHKIL ETILDI

Tuman IIB binosida tuman IIB boshlig’i, podpolkovnik O. Jiyanov tashabbusi bilan probatsiya guruhi hisobida turib jazo muddatini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarga  Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo’rg’on tuman sudi tomonidan sayyor sud o’tkazilidi. Unda 2 nafar ozodlikni cheklash jazosini o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan va 1 nafar axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan bo‘yin tovlagan  nazorat ostidagi shaxslarning jazosi OMQ jazosiga almashtirilidi.  2 nafar shaxs muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. 

Sayyor sud va ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirda jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan choralar belgilandi. Qumqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limi binosida tuman mutasaddilari nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida tashkil etilgan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirda ham jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tildi. Kishilarni ogohlikka chorlaydigan ma‘lumotlar o‘rtaga tashlandi.

Shundan so‘ng sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Jinoyat ishlari bo‘yicha  Qumqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan Ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi  hisobida turgan shaxslarning xatti-harakatlariga baho berildi. Aytish kerakki, mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida inson manfaatlarini ta‘minlashdek ezgu maqsad mujassam. Mazkur yo‘nalishdagi sa‘y-harakatlar natijasida ayniqsa odil sudlovga, adolatli qarorlar qabul qilinishiga erishilib, har bir shaxsning qonuniy manfaatlari himoyalanmoqda. Jamiyatda bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib tuzalish y‘liga o‘tganlarni qo‘llab-quvvatlash,  ijtimoiy ahvolini yaxshilashga yo‘naltirilgan ishlar ham izchillik bilan davom ettirilayapti.

 Sudlar tomoidan  bildirilgan ishonch va berilgan imkoniyat kishi zimmasiga mas`uliyat ham yuklaydi. Ana shu burchni teran anglagan inson esa avvalo oilasi, qolaversa jamiyat oldida yorug‘ yuzli bo‘lishiga shak-shubha yo‘q.

                  A. Qosimov,

tuman IIB JXX probatsiya guruhi katta inspektori, kapitan