Tumani hokimi Anvar Normamatov tumandagi maktablarning yangi 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish yuzasida 1-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
O‘rganish davomida mazkur maktabning sinf xonalari, sport zallari, isitish tizimi va hojatxonalarini ta’mirlanishi hamda obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. Maktab direktori va tegishli mas’ullarga qat’iy ogohlantirishlar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng tumandagi 1-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, u yerda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ta’lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida tashkilot rahbarlari va mutasaddilar tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.