Surxondaryo viloyati Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan temir yo‘l yaqinida joylashgan mahallalar va korxonalarda 2023 yilning 1 may kunidan 30 iyun kuniga qadar Respublika miqyosida “Qoradori -2023” tadbirining birinchi bosqichi o‘tkazilmoqda.
Keng qamrovli tadbir davomida ishtirokchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borilayapti. Shu jumladan, temir yo‘l ishchi xodimlari bilan birgalikda temir yo‘l oralig‘i izlari va yon atroflari ko‘zdan kechirilib, dalolatnomalar tuzilmoqda. Bundan tashqari, temir yo‘llarda harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida fuqarolar va voyaga yetmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil etilayapti. Ularga muntazam ravishda temir yo‘l izi yaqinida chorva mollarini boqmaslik, temir yo‘l izidan yurmaslik, temir yo‘l jihoziga shikast yetkazmaslik hamda temir yo‘l izining belgilanmagan joyidan kesib o‘tmaslik tushuntirilmoqda. Eslatmalar tarqatilayapti. Bu tadbirlardan natijadorlik kutilayapti.
B. VAITOV,
Transportda XTB XPG katta inspektori, mayor
U. ABDUMURODOV,
Transportda XTB XPG katta inspektori, kapitan