KASBIM – FAXRIM

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish eng dolzarb mavzulardan biri. Tumanimizdagi 42-maktabda psixolog Hosiyat Abdujalilova “Kasbim – faxrim” mavzusida kasblar oyligini o‘tkazdi. Unda 5-7- sinflarning o‘quvchilari qatnashdi. Ular ishtirokida Yosh tikuvchilik, Yosh to‘quvchilik, Munchoqli bezak ustasi, Yosh rassomlar, Yosh pazandalar, Yosh ijrochilar, Yosh suxandonlar, Yosh kitobxonlar, Yosh raqqosalar yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Bu tanlovlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilarning qiziqishi, qobiliyati, iste`dodlarini aniqlab, shu asosida kasb-hunar egallashga ko‘maklashishdan iborat.

Tanlovlar so‘nggida o‘quvchilar bajargan ishlar ko‘rgazmasi va yakuniy bayram tadbiri tashkil etildi. Tanlovda 7- B sinf o‘quvchilari birinchi o‘rinni, 7- A sinf o‘quvchilari ikkinchi o‘rinni, 6- A sinf o‘quvchilari uchinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.