Kitob yarmarkasi

O‘zbekiston “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Yangi davr shiddati jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona-Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda kitobxonlik madaniyatini oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Yoshlarda kitob o‘qish ko‘nikmasi shakllansa, kamoloti yo‘lida qolgan barcha amallarni kitobning o‘zi o‘rgatadi.

2020-2025 yillarga mo‘ljallangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”, “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va Hukumat qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga muvofiq Milliy dasturning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, aholi, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, dunyoqarashi, kitobxonlik madaniyati shakllanishida katta ahamiyat kasb etib, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili sifatida xizmat qiladi.

Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga bo‘lgan muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Insonning madaniyati uning kitobida aks etadi.

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlarning birida kitob yarmarkasi o‘tkazildi. Yarmarkada mashhur adiblarimizning badiiy, tarixiy asarlari, jahon adabiyoti durdonalari, kitoblar hamda barcha kodekslarning yangi tahrirdagi kitoblari taqdim etildi. Yarmarkada kitobsevar harbiylar o‘zlari yoqtirgan sevib mutolaa qiladigan yozuvchi va adiblarning asarlarini sotib oldilar. Kitobni mutolaa qilish, asarlarning mazmun-mohiyati zamiriga yetish insonni komillikka, zukkolikka va teran fikr sohibiga aylantirishi shubhasizdir.

              Firdavs To‘rayev,

              harbiy xizmatchi