YOZ MAVSUMIDA CHO‘MILISH TARTIBIDAN OGOH BO‘LING

Ma’lumki, yoz mavsumida cho‘milish 15 maydan 15 sentabrgacha davom etadi. Bunga sabab ob-havoning isib ketishi natijasida suvda cho‘milishga ehtiyoj ortadi.  Oqar suvda cho‘milganda tana harorati yaxshilanadi, kayfiyat ko‘tariladi. Ishlab charchagan odam maroqli dam olganligini sezadi.

Biroq  suvda cho‘milish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar ham sodir bo‘layotganligi achinarli. Suvda cho‘kib ketish, nobud bo‘lish hodisalari uchrab turibdi. Bunday ko‘ngilsiz holatlarning aksariyati qo‘riqlanmaydigan suv havzalarida kuzatilmoqda.  Cho‘kayotganlarning ko‘p qismini bolalar tashkil etadi. Ba’zi kishilarning suzishni yaxshi bilmasligi, cho‘milish qoidalariga rioya qilmasligi va ota-onalar hamda ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning farzandlarini e’tiborsiz qoldirishi, spirtli ichimliklar iste`mol qilib suvga tushishi, tungi vaqtlarda cho‘milishi, cho‘kayotgan odamga o‘z vaqtida ko‘mak bera olmaslik, ya’ni qutqaruv usillaridan bexabarlik buning asosiy sabablari bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, suzish paytida loqaydlik bilan o‘z kuchiga ortiqcha ishonish, suv va qayiqda noto‘g‘ri xatti-harakatlar qilish va notanish joyda yolg‘iz holda cho‘milish ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Tumanimiz hududida  daryo va kanallar mavjud. Ekinlarni sug‘orish mavsumida bu suv inshootlaridan ko‘p hajmda suv oqib o‘tadi. Cho‘milganda cho‘milish tartib qoidalariga qat’iy rioya qilish talab etiladi. Har bir inson chomilishga doir eslatmalargan xabardor bo‘lsa, ularga rioya qilsa noxush hodisalarning oldi olinadi.

Hurmatli tumanimiz aholisi!  Bolalaringizni va yaqinlaringizni suvda cho‘kib ketishdan asrang.  Ularni hech qachon nazoratsiz qoldirmang!                                            R. ARTIQOV,

Qumqo‘rg‘on tumani FVB FVDT va FM faoliyatini tashkillashtirish, xavfsizlik targ‘iboti bo‘linmasi boshlig‘i, kapitan