HUQUQLAR KAFOLATI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida: ijtimoiy va siyosiy huquqlarga oid eng muhim 5 ta kafolat belgilandi.  

1. Fuqarolar davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.

2. Har kim agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli.

3. Saylov huquqiga ega bo‘lgan, yuz ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida kiritishga haqli.

4. Fuqarolar Davlat byudjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.

5. Davlat Internet tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.

                                        Rustam XURRAMOV,

            Bandixon tuman adliya bo‘limi boshligi