Murojaatlar ishchi guruhi bilan birga joyida hal etildi

Surxondaryo viloyati aholisidan 2023 yil 1 yanvar – 1 may kunlari oralig‘ida virtual va Xalq qabulxonalariga 42 832 ta murojaat kelib tushgan. 35030 tasi yoki 8,7 foizi ko‘rib chiqilgan hamda 7802 tasi yoki 18,2 foizi ko‘rib chiqish jarayonida. 2022 yilning mos davriga (56043 ta murojaat) nisbatan 2023 yilda murojaatlar soni 13211 taga yoki 24 foizga kamaygan.

Murojaatlar, asosan, elektr energiyasi 2606 ta, aliment undirish 1887 ta, uy-joy 1849 ta, bolalar nafaqasi 1772 ta, ichki yo‘llarini ta’mirlash, shag‘allashtirish, asfaltlash 1233 ta, moddiy yordam 1194 ta, davolanish va jarrohlik amaliyoti 879 ta, ichimlik suvi 812 ta, yashash sharoitlarini yaxshilash, maishiy gaz ballon bilan ta’minlash bo‘yicha 664 ta murojaatlar kelib tushgan.

Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarga tezkor va joyida yechim topishning zamonaviy va samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilgani odamlarning adolatga, davlatga, ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda. Uyma-uy kirishdan maqsad aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rishga qaratilgandir. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati, Sud-huquq masalalari  va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A. X. Eshmuratov boshchiligida viloyat va mutasaddi tashkilotlaridan 222 nafardan iborat ishchi guruhi tuzildi. Xalq qabulxonalari va viloyat ishchi guruhi tomonidan Termiz shahri va tumanlarda o‘rganish o‘tkazilib, 81200 ta xonadonlarga uyma-uy kirib chiqildi va muammolarni joyida hal etishning imkoni bo‘lganlari hal etildi, muddat talab etilganlari nazoratga olindi. Misol uchun, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo viloyat hududiy filiali bilan birgalikda Bandixon, Qiziriq, Muzrabot, Sariosiyo tumanlarida – 1 tadan, Sherobod, Denov tumanlarida – 2 tadan, Uzun tumanida – 4 ta, jami 12 ta transformator punktlari o‘rnatildi. 438 ta elektr tayanch ustunlar o‘rnatilib, shu jumladan, Bandixon tumanida – 30 ta, Angor tumanida – 31 ta, Jarqo‘rg‘on tumanida – 103 ta, Oltinsoy tumanida – 63 ta, Termiz tumanida – 26 ta. Qumqo‘rg‘on tumanida – 76 ta, Uzun tumanida – 40 ta, Sherobod tumanida – 59 ta, Sho‘rchi tumanida – 10 ta qurildi.

Shuningdek, “Bog‘aro” MFYda tashkil etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga xalaqit qilayotgan, 35 kV kuchlanishli L-Oqjar elektr tarmog‘ining jami 4 dona SK-22 rusumli temir-beton tayanchlari xavfsiz joyga ko‘chirildi. “Surxondaryo suv ta’minoti” ma’suliyati cheklangan jamiyati bilan birgalikda 8 dona nasos, 2 dona ochib yopgich (zadvijka) yangidan o‘rnatilib, 42 dona nasos, 59 dona ochib yopgich (zadvijka) ta`mirlandi, 1,03 km ichimlik suv quvuri, 4 dona bosimli suv minorasi o‘rnatildi hamda 0,81 km oqova suv quvurlari tozalandi.

Gaz iste’molchilari uchun 4000 tonna suyultirilgan uglevodorod gazi ajratilib, yetkazib berilgan, 220 dona maishiy gaz ballonlari shartnoma asosida iste’molchilarga tarqatilgan hamda Termiz shahar “Namuna” mahallasidagi  448 ta aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 2,2 km gaz quvuri yangidan tortilib, foydalanishga topshirildi. Jarqo‘rg‘on tumanining “Istiqlol” mahallasida aholi xonadonlariga 1,0 km tabiiy gaz tarmog‘ini tortish hamda “O‘zbekiston” mahallasi hududida joylashgan maktab va bog‘chani gazlashtirish maqsadida 850,0 p/m gaz quvuri tortish va 1 dona GRP o‘rnatish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Denov tumanining “A. Jomiy” mahallasida 1 dona Gaz taqsimlash shaxobchasi qaytadan ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida 500 ta aholi xonadonlari zamonaviy gaz hisoblagichlar bilan ta’minlandi. Sariosiyo tumanidagi “Bog‘ishirin” mahallasidagi 100 ta aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlar Dastur doirasida yetkazib berildi. Termiz shahrining “A. Navoiy” mahallasida 1,0 km gaz quvurlarining qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.

Barcha manbalar hisobidan 150 km uzunlikdagi yo‘llarda yo‘l ishlari viloyatdagi yo‘l korxonalari va pudratchi korxonalar tomonidan amalga oshirildi. Ichki xo‘jalik yo‘llari bo‘yicha Angor tumanida 465 m,  Bandixon tumanida  1 km, Qumqo‘rg‘on tumanida 20,8 km, Muzrobot tumanida 10,705 km, Oltinsoy tumanida 6,44 km, Sariosiyo tumanida 11,1 km, Termiz shahrida 1,366 km, Uzun tumanida 4,133 km, Sherobod tumanida 38,997 km ichki xo‘jalik yo‘llarida joriy ta’mirlandi.

Prezidentimiz oldimizga qo‘yayotgan eng birinchi vazifa odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlash, ularning muammolarini hal etishga, og‘irini yengil qilishga ko‘maklashish, qolaversa, bu kabi muloqotlar bizgacha yetib kelmayotgan muammolardan xabardor bo‘lish, joylardagi muammolarni bartaraf etish maqsadida murojaatlarni o‘z muddatida ko‘rib chiqish va o‘rnatilgan tartibda hal etish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Abdulhakim Eshmuratov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri