HUQUQ HIMOYACHILARI HAMKORLIGI

Tumanimizdagi 2-maktabda Surxondaryo viloyati YHXB boshlig‘i  Qumqo‘rg‘on tumanida mutasaddi va jamoatchilik vakillari bilan  «Mahallabay ishlash» tizimi dasturining mazmun-mohiyatini tushuntirish, mahalla raislari bilan YPX xodimlarining hamkorligini yo‘lga qo‘yish borasida yig‘ilish o‘tkazdi.

 2023-yil 1-maydan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda  jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi. Mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

                                                             Davron CHORIYEV