INSON AZIZ, XOTIRA MUQADDAS

Xotira abadiy, inson qadri buyuk,

         Ularning yodini e`zozlab yashang.

         Safda yurganlarni qadrlang mudom.

         Xotira maydonin lavhalarida

         Bitilsin har bitta unutilgan nom.

Vatan tinchligi yo‘lida o‘z jonini fido qilgan, uning har bir qarich yerini ham ko‘z qorachig‘idek asragan Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, To‘maris va Shiroq nomlarini xalqimizning tillariga, dillariga jo qilib ketgan yurtdoshlarimiz xotirasi mangu va barhayotdir. Qumqo‘rg‘on Agrotexnologiyalar texnikumida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Inson aziz, xotira muqaddas” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni texnikum direktoti Ilhom Samadov ochib berdi. 01-22 guruhi rahbari Baxriddin Xudoyorov, ARM yetakchi mutaxassisi Nargiza Qoraboyeva, ARM xodimi Malika Saparova, tuman Axborot-kutubxona markazi xodimi Maqsuda G‘aniyeva va Nasiba Mirzayeva so‘zga chiqib barchani Vatanga muhabbat, uning tinchligini asrab-avaylash mas`uliyatini his qilib faoliyat yuritish haqida gapirishdi.

                                                                                 Nazira XURRAMOVA,

Qumqo‘rg‘on Agrotexnologiyalar texnikumi birinchi bosqich talabasi