Nogironligi bo‘lgan insonlarga g‘amxo‘rlik

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 1 iyuldagi 411-sonli «Muxtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi  qaroriga asosan nogironligi bo‘lgan shaxslarni, jumladan nogironligi bo‘lgan bolalarni hamda nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi  shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash  tartibini belgilaydi.

Bunda tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi, pediatrik tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi va tibbiy maslahat komissiyasi har yili 15 dekabrga qadar protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj shaxslar ro‘yxatini shaklantirishlari va yangilab borishlari va har yili 20 dekabrga qadar shakllantirilgan ro‘yxatlarni viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasiga taqdim etishlari  nazarda tutilgan. Viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi yil yakuniga qadar  zarur bo‘ladigan yillik mablag‘larni ajratish uchun viloyat moliya boshqarmasiga  murojaat qilib, viloyat moliya boshqarmasi har yili 1 aprelga qadar zarur bo‘ladigan yillik mablag‘larni  viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasiga asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra ajratib beradi. Viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi har yili yanvar oyi yakuniga qadar tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlarini muxtoj shaxslar ehtiyojini hisobga olgan holda sertifikatlar bilan ta’minlab beradi.

Tuman  tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari muxtoj shaxslarni tibbiy xulosalar asosida o‘zi tanlagan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash uchun sertifikatlar bilan ta’minlanadi. Muxtoj shaxs sertifikatni olgandan keyin protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotga  sertifikat bilan murojaat qilishi, tashkilot esa muxtoj shaxs murojaat qilgan kunidan boshlab o‘ttiz ish kuni mobaynida, murakkab turdagi protez-ortopediya moslamalari va reablitatsiya qilishning texnik vositalari uchun murojaat qilingan kundan boshlab qirq besh kun mobaynida  ta’minlab beriladi. Yetkazib berilgan buyumlarga tegishli sertifikatning «S» qismi viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasiga yuboriladi. Viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi esa tegishliligi bo‘yicha tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limiga yuboradi.

Yuqorida qayd etilgan muxtoj shaxslarni  protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlashda ancha vaqt, qog‘ozbozlik  ishlari  bir qancha muammolarga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli ushbu  qaroriga asoslangan  holda  2023 yil 1 yanvardan  muxtoj shaxslarga qo‘lda sertifikat yozib berish to‘xtatilib, Davlat xizmatlarini ko‘rsatish portali orqali, protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash uchun ro‘yxatga olish, «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan muxtoj shaxslarga, davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov. uz) orqali sertifikat berish va elektron platforma orqali sertifikat bilan ta’minlash joriy etiladi. Bunda muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va  reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga  muhtojlik  viloyat tibbiy ijtimoiy ekspertizasi  tomonidan, sertifikat bilan ta’minlash ishlari tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi  tomonidan elektron tizimga  kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 noyabrdagi 693-sonli “Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risida”gi  qaroriga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi  shaxslarga respublikamizda joylashgan 11 ta sanatoriyalarga  bepul yo‘llanmalar olish uchun  O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga tegishli hujjatlar bilan (pasport, pensiya guvohnomasi, nogironligini tasdiqlovchi hujjatlari) murojaat qilib, elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tadilar. Sanatoriyaga navbati kelganlarni bepul yo‘llanmalar bilan ta’minlash elektron shaklda tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan navbat asosida amalga oshiriladi.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                   

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 avgustdagi 237-sonli qaroriga asosan tuman yolg‘iz yashovchi keksa pensioner va nogironligi bor shaxslar oilaviy sharoiti og‘ir va o‘zgalar parvarishiga muxtoj bo‘lsa, fuqaroning bo‘lim boshliqning nomiga yozgan arizasi hamda mahalla fuqarolari yig‘ining bildirish xatiga asosan tuman hokimining qarori chiqariladi va ijtimoiy xodim biriktiriladi. O‘ylaymizki elektron tizimga o‘tish sanatoriyaga yo‘llanmalar berishda va muhtoj shaxslarni protez-ortoperiya moslamalari va reablitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlashda hamda yolg‘iz yashovchi keksa pensioner va nogironligi bor  fuqarolarimizga  va barcha ma’sul xodimlar uchun ancha qulayliklar yaratadi.

                         O. BOBOYEV,

Qumqo‘rg‘on tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i