Qumqo‘rg‘onda salomatlik saylida  1235 nafardan ziyod aholi ishtirok etdi

Tumanimizdagi «Yoshlar» istirohat bog‘i erta tongdan  o‘z salomatligiga  befarq  bo‘lmagan tumandoshlarimiz bilan gavjum bo‘ldi. Salomatlik saylida  tibbiyot fanlari doktorlari  hamda tor doiradagi  mutaxassislar ishtirokida bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

– Sayl davomida UZI, EKG  tekshiruvlari, davolash profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda,- deydi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i  Ravshan Qo‘yliyev.

– Sog‘liq inson uchun eng katta boylik,- deydi  Shahlo Ergasheva. Bugungi saylda poytaxtlik professorlar  ham  ishtirok etayotganligini eshitib, ularning qabuliga shoshildim. Tibbiy ko‘rikdan o‘tib, tegishli maslahatlar oldim.

Zero, har birimiz salomatligimizga befarq bo‘lmasligimiz kerak.