Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasida

Tumanimizdagi 7-maktabning faollar zalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. To‘laboyev, tuman Kengashi deputatlari M. Nomozov, R. Mengziyayeva o‘qituvchilar hamda 18 yoshga to‘lgan bitiruvchi yoshlar bilan «Yangilanayotgan  Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida tadbir o‘tkazdi. Tadbirda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o’zgarishlar haqida tushunchalar berildi.