Qadr topgan nuroniylar

Bejizga inson umrini daraxtga qiyos etishmaydi. Daraxt ham unib – o‘sib boshqalarga soyobon, mevalari bilan ozuqa, tanasi bilan isitish manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Insonlar ham bir-birlariga suyanchiq hamda yaxshi-yomon kunida yonlarida turib maslakdosh bo‘lishadi. Tumanimizdagi “Paxtaobod” mahallsining eng ibratli  oilalaridan biri  Eshmurod bobo Jo‘rayevlar oilasidir. Eshmurod bobo hamda Mayram momo Umra haj amallarini ado etishib qaytishdi. Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun  “Muruvvat” internat uyiga vasiylikka olingan  tarbiyalanuvchi Eshmurodov Sardor hamda jurnalist Saodat O‘rmonova hamrohligida  “Uch avlod uchrashuvi” doirasida Eshmurod bobo Jo‘rayevlar xonadonida bo‘lishdi. Nabirasi Sardor bobosini hamda momosini tabrikladi. Oila a’zolari dasturxon atrofida jam bo‘lishib dildan suhbat qilishdi. Oilaviy totuvlikka hech narsa teng kelmaydi. Barchamizning oilamizda tinchlik-xotirjamlik yor bo‘lsin.

                                                                      T. Shaymanov,

Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun  “Muruvvat” internat uyi director o‘rinbosari