Go‘zal va maftunkor tumanimizga bahor fasli keldi. Quyosh ko‘m-ko‘k osmondan qadrdon yerimiz uzra iliq haroratini taratmoqda. Tumandoshlarimiz dehqonchilik va chorvachilik sohalaridagi mehnat jarayonlarida ko‘klamgi ishlarini bajarayapti. Dehqonlar mo‘l hosil, rizqi-ro‘z manbaini yaratish uchun yerni tekislash, agat olish, ekishdan oldin sug‘orish, chigit ekish ishlarini amalga oshirayapti.
Chorvadorlar elimizning ma`murchiligini ta`minlash uchun ishlab chiqarish tarmog‘i bo‘lgan chorvachilikni yildan-yilga rivojlantirayapti. Ular chorva mollari va parrandalarning soni oshsa mahsulotlari miqdori ham ko‘payishini yaxshi biladi. Ularning faol sa`y-harakatlari natijasida yirik shoxli qoramollar, sigirlar, qo‘y va echkilar, otlar, parrandalar bosh soni oshdi. 2022-2023 yilgi qishlov mavsumida barcha toifadagi x‘ojaliklar 122117 bosh yirik shoxli qoramol, shundan 48458 bosh sigir, 268506 bosh qo‘y-echki, 1892 bosh ot, 360136 bosh parrandalarni parvarishladi.
2021 yilga nisbatan 1570 bosh yirik shoxli qoramol, 417 bosh sigir, 687 bosh qo‘y va echki, 232 bosh ot, 14362 bosh parranda soni oshishiga erishildi. Fermer xo‘jaliklari otlar soni 180,6 foiz, parrandalar soni 160,7 foiz, qoramollar soni 133,9 foiz, shundan sigirlar soni 113,3 foiz o‘sishini ta`minladi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida yirik shoxli qoramollar soni 130,9 foiz, shundan sigirlar soni 133,1 foiz o‘sdi. Umuman olganda fermerlar, dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari barcha turlar bo‘yicha sur`atni oshirishga muvofiq bo‘ldi.
Abdurashid XO‘JANOV,
viloyat “Chorva nasl” markazi tuman mutaxassisi