Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.
Mazkur tizim o‘zini to‘la oqlagan bo‘lib, xalq bilan ochiq oshkora muloqotlar o‘tkazilgan holda odamlarning ko‘p yillar muammolar, talab va ehtiyojlari o‘rganilib, ularning aksariyati joyida hal etib borilmoqda.
Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasiga 2022 yil 12 oyi mobaynida 2548 ta murojaatlar ro‘yhatga olingan bo‘lib, shundan 2208 tasi yoki 98.31% qanoatlantirilgan. 2022 yil 12 oyi mobaynida Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasi tomonidan 165 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ularning barchasi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ijobiy hal etilgan.
Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasi tomonidan 2022 yil davomida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun talablari ijrosi yuzasidan tumandagi sektorlar va davlat tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash holatlari o‘rganilib, 21 marotaba tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritilgan.
Shu kabi murojaatlar fuqarolarning Prezident vertual va Xalq qabulxonalariga takror murojaat qilish masalasi o‘rganilmay, murojaatlar soni ko‘payib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Hozirgi kunga kelib bo‘limga 11 ta takroriy murojaatlar vertual tizimdan qabul qilinib, o‘rganish jarayoniga kiritishda ko‘plab xatolikka yo‘l qo‘yilishi oqibatida takroriy murojaatlar soni ko‘payib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
R. To‘xtaev,
O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri
Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasiga 2023 yil 2 oyi mobaynida 211 ta murojaatlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 157 tasi yoki 95.15 % qanoatlantirilgan. Qayd etilgan murojaatlarda eng ko‘p ish bilan ta’minlash, maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash va qurish, chorvachilikni rivojlantirish uchun kredit, muhtojlarga bir martalik moddiy yordam, elektr tarmoqlari uskunalari (simyog‘och ustun, transformator punkti) ta’mirlash va o‘rnatish, firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha, aliment undirish hamda ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar kabi dolzarb masalalar ko‘tarilgan.
Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlarning hal qilinishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilib, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarning o‘z vaqtida va samarali ko‘rib chiqilishini ta’minlash chora-tadbirlari muntazam ravishda amalga oshirilib borilmoqda.
2023 yil 2 oyi mobaynida Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasi tomonidan 14 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ularning barchasi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ijobiy hal etib borilmoqda.
I.Umarov,
Qumqo‘rg‘on tumani Xalq qabulxonasi mutaxassisi