Bu kun o‘zgachadir jilvayi olam

Ona-chashma  farzandlar  ana  shu  chashmadan  oliyjanoblik, ezgulik, umuman  insoniylik  sharobini  shimirib  chanqog‘ini  qondiradilar.  Ona  aziz  va   mo‘tabar  siymo. Onalarimiz  haqidagi  rivoyatlar, hikoyalar necha asrlar  osha  ana  shu  ulug‘ siymolarning  yaxlit  ramzi  sifatida saqlanib kelmoqda.  Ona  buyuk  zot. Ona  o‘zida  nafosat,  latofat, sadoqatni  aks ettiruvchi  zot. Dunyoga  keltirib, to mukammal bo‘lgunimizcha rohat  farog‘atdan  kechadi. Olamni  munavvar aylagan zot  bu – Ona. Ona  so‘zi uch  harfdan  iborat  bo‘lib,”O”-oriyat, ”N”-Nafosat, ”A”-andisha  degan  ma’nolarni  bildiradi.  Ona go‘zallik, donolik  timsolidir. 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tumandagi 4-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbiri o‘tkazildi. Jajji bolajonlar ishtirokida o‘zlarining biyron tillarida onalarni madh etguvchi she’rlar aytishdi. “Bahor”, ”Ko‘klam” qo‘shiqlariga raqsga tushishdi. Ayollarimizning baxti – xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir.

Barchangizga oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinchlik, fayz-u baraka tilayman.

Doimo xalqimiz,  Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lish hammangizga nasib etsin!

                                                                                           Norbibi Xalilova,

                                4-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbari