Benazir tarqatiladigan xazina bu – Ona mehri

Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, huquq va manfaatlarini himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ularning yurtimiz siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida faol ishtirokini ta’minlash, ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan etib belgilandi.

Ayol! Bu muqaddas so‘zni tilga olarkanman, dunyoda men uchun yagona va aziz bo‘lgan mehridaryo onajonlarimiz ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi.„Mo‘tabar ayol“ ko‘krak nishoni – jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma`naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida ta’sis etilgan.Tumanimizdagi “Jiydali” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Salima Valiyeva uzoq yillar o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib xizmat qildi. Ko‘plab shogirdlarni kamolga yetkazdi. 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida Salima opa Valiyeva „Mo`tabar ayol“ ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. Ayol borki olam munavvar! Darhaqiqat, ayol ona, ayol rafiqa, ayol singil. Bu muqqadas bir zotki, uning bilan olam munavvar, uning bilan oila, vatan, xonadon oboddir. Yangilanish, yosharish, bahor faslining ilk bayrami aynan ayollarga atalgani bejis emas albatta. Ayol- bu sadoqatli yor ko‘ngillarga zavq-shavq bag‘ishlovchi hayotni go‘zal qilguvchi, ibo-hayoni o‘zida mujassam etgan bir xilqat. Salima opa Valiyevaga kelgusi ishlarida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz. Tumanimizning ravnaqi yo‘lida samarali mehnat qilishdan tolmasin.Rayhon Mengziyayeva