Sport-sog‘lik garovi!

Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimiz yoshlari ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

Ushbu tashabbuslarning ikkinchi yo‘nalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligini alohida ta`kidlash joiz.

Shu jumladan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumani Qarsoqli mahallasida joylashgan 80-umumta’lim maktabida  o‘quvchi yoshlar hamda harbiy qism harbiy xizmatchilari o‘rtasida volleybol sport turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan o‘yinda do‘stlik g‘alaba qozondi.

                                                    S. Xolmamatov,

                                                    harbiy xizmatchi