HOKIM AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIGA KITOBLAR SOVG‘A QILDI

Yurtboshimizning kitobxonlikni rivojlantirish, kitob mutolaa qilish ifodasini topgan farmoyishi tumanimizda izchil amalga oshirilmoqda. Tuman hokimi A. Normamatov tashabbus ko‘rsatib tuman axborot-kutubxona markazining kitob fondini boyitdi. 50 million so‘m mablag‘ ajratib bu kutubxona fondiga 1355 dona badiiy adabiyotlar va turli sohalarga oid yangi adabiyotlarni topshirdi.

Axborot-kutubxona markazi xodimlari, o‘qituvchilar va kitobxon o‘quvchilar bilan yaqindan suhbatlashdi. Yangi olib kelingan adabiyotlar, buyuk allomalar Jaloliddin Manguberdi, Behbudiy, Farobiy, Z. Bobur, Alisher Navoiy asarlarini ko‘proq o‘qilshlarini ta`kidladi.

                                                      M. LATIPOVA,

              Uslubiyat, bibliografiya bo‘limi mutaxassisi