Hammamiz uchun aziz va mo‘tabar bo‘lgan ayol zoti haqida so‘z yuritganda, avvalo, bizni dunyoga keltirgan, oq sut va mehr berib ulg‘aytirgan Ona siymosi oldida bosh egib ta’zim qilamiz. Yer yuzida muqaddas degan so‘zga eng munosib zot bu – Ona.
Xalqimiz ona siymosini doimo ulug‘lab, ardoqlab yashaydi. Ayol borki, olam munavvar! Ayol borki, hayot go‘zal va maftunkor! Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayz-u baraka kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo‘tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir.
Chindan ham, ayollarimizning oilada tutgan o‘rni beqiyosdir. Oqila, go‘zal ayollar o‘zlarining g‘amxo‘rligi, mehribonligi, qalbidaryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat hamda adolat muhitini saqlab turadilar.Aziz ayollar oilangizda tinchlik, hotirjamlik, ishlaringizda eng katta yutuqlarga erishishingizda tilakdoshmiz.
Dilshoda Shoimqulova,
tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi