Go‘zalliging misli gullarga chiroy…

Go‘zal diyorimizga barchamiz sog‘inib kutgan bahor nafasi kirib keldi. Bahor tobora kuchga kirib, tabiat uyg‘onib borayotgan damda biz bahor va ayol so‘zlarining naqadar uyg‘un va hamohang ekanini yanada chuqur anglaymiz. Ayol zoti chindan ham o‘z timsolida go‘zallik va nafosat, ezgulik va fidoiylik kabi oliyjanob insoniy fazilatlarni mujassam etganiga yana va yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Biz hayotimiz mazmuni bo‘lgan sevgi va sadoqat, mehr-muhabbat, nazokat va latofat kabi eng nozik, sirli tuyg‘ularni yaratganimizning beqiyos mo‘jizasi bo‘lmish ayol zotisiz aslo tasavvur eta olmaymiz.

Bahor bayramlar bilan boshlanadi. Ko‘klamning birinchi oyida 8 – Mart Xalqaro xotin-qizlar bayramini nishonlaymiz. Aziz opa-singillar, dilbar ayollar! Nafosat va go‘zallik, lobarlik, zebolik Sizlarni hech qachon tark etmasin!

Oilangiz, farzandlaringiz va yaqinlaringiz, el-u yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘ling!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

        Qirmiz Tursunova,

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati