NAVBATDAGI SESSIYA BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 60-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar, idora va korxonalar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Sessiya ishiga tuman hokimi, Kengash raisi Anvar Normamatov  raislik qildi.

Sessiyada dastlab Qumqo‘rg‘on tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Tursunov Zafar Qo‘yliyevichning hisoboti tinglandi.

Undan so‘ng tuman hokimi o‘rinbosari Allanazarov Normo‘min Amanovichning axborotlari tinglandi.

Sessiya davomida tuman Bandlikka ko‘maklashish markazining, tuman Qurilish bo‘limi boshlig‘i Karamatov Elmurod Baxtiyorovichning axboroti eshitildi.

Sessiya davomida kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama etilib, ushbu masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.