Oddiy muallimdir, oddiy muallim

Umum ta’lim maktablaridagi ta’lim sifati poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori bo‘lishi shart. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr  kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida aytib o‘tdi. “Buning uchun chekka hududlarda maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi. Jumladan, boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa – 100 foiz ustama haq to‘lanadi”, — dedi davlat rahbari.

Tumanimizdagi 11-maktabda ham Andijon viloyati Paxtaobod tumanidan o’z kasbining fidoyisi, masofaning olisligiga qaramasdan o‘quvchilarga ta’lim berish ilinjida kelgan Siddiqali To‘xtasinov har qancha tahsinga sazavordir. Yoshligidan o‘qituvchilik kasbiga qiziqqan Siddiqali aka Andijon Davlat Universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kiradi. Oliy ta’lim muassasasini a’lo baholarga tamomlab maktabda bolajonlarga ona tili va adabiyot fanidan dars bera boshlaydi. Ish faoliyati davomida ijod qilishdan ham to‘xtamaydi. She’rlari tuman hamda viloyat gazetalarida chop etilgan. Maktabimizdagi o‘quvchilar ustozni juda hurmat qilishadi. Ustoziga o‘xshab o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilgan shogirdlari bor. Ustozga ishlarida muvaffaqiyatlarga erishishdan to‘xtamasliklarini tilaymiz. Siddiqali ustozdek jonkuyar, fidoyi o‘qituvchilar ko‘payishsin.

          Nasiba Muxtorova,

11-maktabning Ma’naviy-ijodiy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi