2023 yil 4 yanvardan 16 fevralga qadar Qumqo‘rg‘on tumani sektor rahbarlari tomonidan jami 20 ta sayyor qabullar o‘tkazildi. Sayyor qabullar jarayonida 270 nafar fuqarodan 168 ta masala bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 38 tasi ijobiy hal etildi, 23 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 2 tasi rad etilgan, 105 ta murojaatni qo‘shimcha o‘rganish uchun vaqt talab etilganligi sababli nazoratga olindi.
Jumladan, quyidagi masala joyida hal etildi.
Qumqo‘rg‘on tuman hokimi tomonidan 12.01.2023 yil kuni o‘tkazilgan sayyor qabulda Qumqo‘rg‘on tuman Jaloir mahallasida yashovchi Jo‘raev Mamarajab issiqxona qurib berishda yordam so‘rab qilgan murojaati mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi tomonidan ijobiy hal etilib kredit mablag‘i ajratilib berildi.
Qumqo‘rg‘on tuman prokurori tomonidan, 01.02.2023 yil kuni o‘tkazilgan sayyor qabulda Qumqo‘rg‘on tuman Halaki mahallasida yashovchi Sulaymonov Navro‘z 1 dona maishiy gaz ballon olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatiga ko‘ra tumangazta’minoti xodimlari tomonidan bir dona maishiy gaz ballon olib berildi.
Qumqo‘rg‘on tumani 3-sektor rahbari IIB boshlig‘i tomonidan 18.01.2023 yil kuni o‘tkazilgan sayyor qabulda Qumqo‘rg‘on tuman Ariqoshgan mahallasida yashovchi Muhammadiyeva Muqaddas ko‘mir olib berishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati bo‘yicha tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlari tomonidan ko‘mir olib berildi.
Shuningdek, 2023 yil 06.02.2023 yil kuni 4-sektor tuman DSI boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda Qumqo‘rg‘on tuman “Saxovat” mahallasida yashovchi fuqaro To‘rayev Yusuf bir dona maishiy gaz ballon olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati ijobiy gal etilib, tumangaztaminoti xodimlari tomonidan bir dona maishiy gaz ballon olib berildi.
R. To‘xtayev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri
Zo‘ravonlikka qarshi kurashish
Umuman olganda zo‘ravonlik o‘zi nima?
Zo‘ravonlik bu – bir shaxsning ikkinchi shaxsga nisbatan qasddan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali uning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik).
Oilaviy zo‘ravonlik esa zo‘ravonlik harakati (harakatsizligi) oila a’zosining boshqa a’zolariga (xotin, ota-ona, bolalar va boshqalar) nisbatan amalga oshirilishi tushuniladi. Umuman olganda butun dunyoda statistik ma’lumotlarga ko‘ra aksariyat hollarda oilaviy zo‘ravonlikdan xotin-qizlar jabr ko‘radi. Oilaviy zo‘ravonlik jinsiy, jismoniy, iqtisodiy va ruhiy zo‘ravonlik shakllarida amalga oshirilishi mumkin.
Oilasi va atrofdagilar tomonidan tazyiqqa uchragan xotin-qizlarga order qay tartibda beriladi?
Nizomga ko‘ra himoya orderi 24 soat ichida zo‘ravonlikka uchragan fuqaroga ichki ishlar organlarining tayanch punkti profilaktika (katta) inspektori tomonidan beriladi. Jabr ko‘rgan ayol yoki bu haqida xabardor bo‘lgan uchinchi shaxs (qo‘shni, qarindosh va boshqalar) yashash hududidagi huquq-tartibot organlariga ariza bilan murojaat qiladi.
Profilaktika inspektorlari jabrdiydaning yashash sharoitini o‘rganib chiqib, 24 soat muddatda order berish masalasi hal qilinadi. Himoya orderi o‘ttiz kun muddatgacha beriladi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. 30 kunlik muddat uchun beriladigan hujjat 3 nusxada bo‘ladi, ya’ni arizachi, zo‘ravonlik sodir qilgan shaxs va profilaktika inspektorida saqlanadi.
30 kun muddatda jabr ko‘rgan ayolga zo‘ravonlik sodir qilgan shaxs tomonidan yana tan jarohati yetkazsa, fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochiladi. Xavf-xatar hali bartaraf qilinmagani aniqlansa, himoya orderi muddati uzaytirilishi mumkin.
I. Umarov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mutaxassisi
Odam savdosi – davr muammosi
“Odamlar savdosi – bugungi kunda eng katta muammolardan biri. Uning bozori giyohvandlik vostalari va qurol-yarog‘ savdosidan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi. Mazkur turdagi jinoyat natijasida dunyo bo‘yicha amalga oshiriladigan yillik aylanma 50 milliard. AQSh dollardan ortiqni tashkil qiladi. Uyushgan jinoyatchilik, xususan xalqaro terrorizm, narkobiznes, qurol-aslahalarni noqonuniy sotish bilan bog‘liq o‘ta og‘ir jinoyatlar qatorida odam savdosining har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurash muammosi nafaqat xalqaro huquq, milliy huquq tizimi uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu muammo umumjahon miqyosda e’tirof etilib, ko‘pgina olimlar va tadqiqotchilar tomonidan chuqur o‘rganilayotganligiga qaramasdan, bu borada hozirga qadar yetarlicha umumlashgan ma’lumotlar taqdim etilmagan. Odam savdosi jinoiy faoliyatning o‘ta xavfli va tahqirlovchi turidir. Tahqirlanish shunda namoyon bo‘ladiki, mazkur jinoyat qullikka o‘xshash shakllarda sodir qilinadi. Bundan tashqari, insonni ekspluatatsiya qilish, insonni “tovar” sifatida sotish, inson omilllaridan foydalanish yo‘li bilan daromad orttirish bilan bog‘liqligi sababli tahqirlovchi mazmun-mohiyat kasb etadi.
Eng achinarlisi, bu toifadagi jinoyatlarning 50 foizga yaqinini ayollar tomonidan sodir etilayotgani mudhish ko‘rsatgichdir. Misol uchun, fuqaro bir necha yosh qizlarni aldab, ularga daromadli ishni va’da qilib, Birlashgan Arab Amirligining Sharja shahriga olib borib, ularni bir necha AQSh dollariga sotib, pullagan. Bu kabi holatlarga yana ko‘plab misollar keltirish mumkin” deb o‘z ma’ruzasiga yakun yasadi.
E. Mamatqulov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi