“Huquqiy maslahatlar kuni” shiori ostida o‘tkazilgan ijtimoiy aksiya

“Yuksalish” umummilliy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston notarial palatasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida 20-21 fevral kuni Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da va Termiz tumanidagi “Mahalla markazi” binosida “Huquqiy maslahatlar kuni” aksiyasi shiori  ostida ijtimoiy aksiya tashkil etildi. Mazkur aksiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, xalq bilan o‘zaro aloqalar mexanizmini yaratish, huquqni qo‘llash sohasida mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida tashkil qilindi.

Aksiya doirasida Termiz shahrida va Terimz tumanida yashovchi fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berish uchun Surxondaryo viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar jalb etildi. Fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berishda amaliy yordam berildi. Aksiya oldidan tashkilotchilarning rasmiy sahifalari, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon postlari joylashtirildi.

Tashkil etilgan aksiyada 8 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi malakali notariuslardan iborat jami 170 nafardan iborat yoshlar va mahalla fuqarolariga huquqiy maslahat berish jarayonida ishtirok etishdi.

Aksiya doirasida mutaxassislar tomonidan fuqarolarga turli huquqiy muammoli masalalarda, shu jumladan nikoh bilan bog‘liq masalalarda, ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq (hadya, oldi–sotdi shartnomalari, ayriboshlash shartnomalari), hujjatlar tarjimasini bir tildan boshqa tilga o‘girish, yaqin qarindoshlar o‘rtasida avtomototransport vositalarini rasmiylashtrish, uy-joy bo‘yicha ishonchnoma maslahati, sudga ishonchnoma berish, garov shartnomasini rasmiylashtirish, kafillik xati berish va meros masalalari yuzasidan yuridik yordam ko‘rsatildi.

Aksiya o‘tishidan habardor bo‘lib, ammo ishtirok etolmagan, aksiyani davom ettirish taklifi bilan murojaat qilgan fuqarolar uchun “Yuksalish” UMH Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi va O‘zbekiston Notarial palatasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasi elektron manzillari berildi.

                                                                                   Jamshid ALIYEV,

“Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi