Ma’lumki, barcha sport turlari insonni jismoniy va ruhiy barkamollikka yetaklaydi. Xususan, biz so‘z yuritmoqchi bo‘layotgan basketbol sport turi ham baquvvat, baland bo‘yli va tezkor qaror qabul qiladigan kishilar o‘yini desak bo‘ladi. Hozirda basketbol dunyoda eng sevilib o‘ynaladigan sport turlaridan biridir. Bu sport turi Olimpiada o‘yinlariga kiritilgan. 22 fevral kuni Denov tumanida 2009-2010 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida sportning Basketbol turidan I tur Surxondaryo viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu chempionatda Qumqo‘rg‘on BMB TG Basketbol qizlar jamoasi 2 ta o‘yinda qatnashib, har ikkala o‘yinda ham g‘alabaga erishishdi hamda I tur peshqadamiga aylandi. Eng quvonarlisi tumandagi 2-maktabning ikki nafar o‘quvchisi Salimova Rayhona va Jumayeva Mohinurlar 28 fevraldan – 5 mart kunlarigacha Namangan viloyatida o‘tkaziladigan I tur O‘zbekiston chempionatida Surxondaryo viloyati jamoasi asosiy o‘yinchilari sifatida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Viloyatimiz hamda tumanimiz sharafini himoya qilayotgan qizlarga omad yor bo‘lishini tilaymiz.
Nilufar Boboyeva,
tumandagi sport maktabining oliy toifali treneri