Obod yurtning iste’dodli farzandlari

Bugungi kunda Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Bo‘ladigan bola boshidan ma’lum”,-deb bejizga aytishmaydi. Tumanimizdagi 5-maktabda  ijodkor o‘quvchilar ko‘p. Darslarni ham o‘zlashtirish barobarida to‘garaklarga ham vaqt ajratmoqda.

Shunday iste’dodli o‘quvchilardan biri Xolliyev Shamsiddin. Endigina 2 sinfda o‘qishiga qaramasdan ko‘plab yutuqlarga erishishga ulgurdi. Shamsiddin sport to‘garagiga va Bolalar musiqa va san’at maktabidagi mashg‘ulotlarga ham qatnashadi. Oilada tarbiyasi mukammal bo‘lsagina farzandimizdan yuksak natijalarni kutsak bo‘ladi. Shamsiddinning otasi Abdurahmonov Shaydullo 5-maktabda musiqa fanidan o‘quvchilarga saboq beradi. Onasi Shahodatxon esa mohir tikuvchi. Oilada barcha san’atga, kitobxonlikka qiziqadi. Turli xil tanlovlarda muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda. Shamsiddinning ijrosidagi  “Onajonim”, ”Vatanjonim”, ”Dadajon”, ”Opajon” qo‘shiqlarini eshitgan kishi qalbini ajoyib bir tuyg‘u egallaydi. Eshitib yoki o‘qib o‘rganishdan tashqari tasavvurlarini suratlar yordamida ifodalash o‘quvchi ijodini oshirib boradi.

 5-maktabning 5 sinfida tahsil olayotgan Ergasheva Dilnuraning mo‘yqalam yordamida chizgan rasmlarini ko‘rgan kishi ohangrabodek sehrlanib qoladi. Dilnura 2 sinfdan boshlab Bolalar musiqa va san’at maktabining tasviriy san’at yo`nalishiga qatnab, ustozlardan saboq olib kelmoqda. Dilnura chizgan turli mavzudagi rasmlarni ko`rib, inson hayratga tushadi. Nahotki, shu rasmlarni 11 yoshli qizaloq chizgan deb. Maqsadim bilim olish, ajoyib kasb egallash, yangi – yangi ijod namunalarini yaratish, yurtimga munosib farzand bo‘lish ,- deydi Dilnura.

Har ikkala ijodkor o‘quvchilarga yuqori marralarni zabt etishlarini tilaymiz.

                                                                   Z.  Beknazarova,

                        Ma’naviy-ijodiy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi