Xavfsizlik zamonaviy qurilish sanoatida muhim ro‘l o‘ynaydi. Chunki qurilayotgan obyektning miqyosidan qatiy nazar har qanday vaziyatda va vaqtda xavfga ega bo‘ladi. Bu yerda ko‘plab mexanizm va uskunalar ishga tushirilgan bo‘lib, ularning og‘irligi juda katta tonnalarga yetadi. Tizimlar, bloklar va boshqa ko‘plab qurilmalar va ish jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilinishini talab qiladi. Qurilish maydonchalarida ko‘pincha qo‘l bola isitish moslamalari qo‘llaniladi. Nosoz elementlardan foydalanish, izolyatsiyasi buzilgan simlarini ishlatish, suvga xavfli yaqin joylarga simlarni yotqizish qat’iyan man etiladi. Ish oxirida barcha qurilmalar va jixozlar o‘chirilishi kerak. Portlatish va moddalarni ochiq saqlash zarurati bo‘lgan paytlarda ochiq havoda chekish va obyekt ichida har qanday ochiq olovdan foydalanish ta’qiqlanadi. Suv bilan o‘chirish mumkin bo‘lmagan ohak va boshqa moddalar bo‘lgan omborlar kukunli yoki ko‘pikli yong‘inga qarshi vositalar bilan jihozlangan bo`lishi kerak. Qurilish sohasida mehnatni muhofaza qilish qoidalarini qisman buzish ishchi va ish beruvchining katta miqdorda jarimaga tortilishiga sabab bo‘ladi.
B. USMONOV,
tuman FVB Normativ-texnik bo‘linmasi boshlig‘i, leytenant