Har bir insonning hayotida oila beqiyos ahamiyatga ega. Oilani asrab – avaylash bu-har bir insonning asosiy vazifalaridan biridir. Shuningdek, jamiyatimizning negizi bo‘lgan oilalar qanchalik tinch va totuv bo‘lsa, davlat shunchalik yuksak va barqaror ravnaq topadi. Biz oilani bir dargoh deb ataylik.
Inson unda tug‘iladi, unib-o‘sadi va tarbiya olib voyaga yetadi. Insonlar bolalikdan voyaga yetgunga qadar ota-onasi yoki ularni o‘rnini bosa oladigan shaxslar qo‘lida tarbiya ko‘radi. Qachonki u kamolotga yetib ulg‘aysa, uning o‘zi bitta mustaqil oilani bunyod etadi. O‘zining fikrlashi, shu yoshiga qadar olgan tarbiyasi va ko‘rgan bilganlari tufayli o‘ziga o‘rnak qilib ololganlari asosida oilasini boshqaradi. Shuningdek, hayotidagi ba’zi bir notekisliklarga qaramay o‘z oilasiga vafodor qolmog‘i lozim. Hozirgi kunda jamiyatimizda yuz berayotgan ba’zi bir holatlar sababli bizda bir nechta savollar tug‘ilishi mumkin. Avvalo, oilaning bunyod etilishida kimlar va nimalar rol o‘ynaydi, tashqi ta’sirlar oqibatida nimalar yuzaga keladi? Oilaning faravonligi ham bardavomligi ham undagi tartib-intizomlar va boshqaruv metodiga bog‘liqdir. Aytib o‘tishimiz joizki,hurmat oilada katta ahamiyatga ega bo‘lgan unsurlardan biri. Agarda, oila boshlig‘ini hurmati joyida bo‘lib,o‘z oila a’zolariga munosib tarzda rahbarlik qilib,bolalar tarbiyasi bilan muntazam va o‘z vaqtida shug‘ullansagina,oilada tartib-intizom,mehnat va orom,o‘zaro hurmat va odob-axloq bo‘ladi. Jamiyatimizda namunali va baxtli oilalar talaygina.Namunali oila deganda nimani tushunishimiz mumkin? Namunali oila tushunchasi ilgari surilgan joyda biz er-u xotinni qarashlari bir bo‘lgan,yaxshi va axloqli farzandlar tarbiya ko‘rayotgan va pir-u farishtadek otaxon va onaxonlarni ko‘z oldimizga keltiramiz. Aslida, oilamizning iqboli bo‘lgan buva-buvilarimizning borligi ham biz uchun baxtdir. Ammo, hayot har doim ravon bo‘lmaganidek oila qo‘rg‘onining buzulishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tashqi va ichki omillar ham yo‘q emas. Deylik, hozirgi vaqtda tashqi omil deb g‘arbona yashash tarzining o‘zlashtirilishi bo‘lsa,ichki omil deb yoshlarning ma’naviy jihatdan yetarli tayyorgarlikda bo‘lmaganligini aytishimiz mumkin. Bu kabi oilalarda ko‘plab tushunmovchiliklar yuzaga kelyapti. Hali aytib o‘tganimizdek g‘arbona yashash tarzi-bu omil oqibatida ba’zi hollarda qaysi din vakili ekanligimizni ham unitib qo‘yayapmiz. Negaki,oila o‘zbek millati vakillari uchun bir ilohiy tumor.Biz insonlar turli xil millatning madanyatini,yurish-turishi va kiyinish metodikasini o‘zlashtirishimiz oqibatida oila tumorining porloq quyoshini so‘ndirmoqdamiz. O‘zimiz to‘g‘ri deb bilgan g‘oyalarni amalga oshirishimiz oqibatida,oila osmonida qora bulutlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqdamiz.
Muxlisa Nuraliyeva,
O‘zDJTU Media va kommunikatsiya fakultetining 1-bosqich talabasi