GIYOHVANDLIK VA PSIXATROP MODDALARGA QARSHI KURASH

Respublikamiz miqyosida 1 fevraldan 1 martgacha Yoshlar orasuda giyohvandlik va psixatrop moddalarining tarqalishiga qarshi kurash oyligi o‘tkazilmoqda. Surxondaryo viloyati Transportda XTB xodimlari tomonidan temir yo‘llarda harakat xavfsizligini ta`minlash, huquqbuzarlik, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda Respublika miqyosida  o‘tkazilayotgan Yoshlar orasida giyoxvandlik va psixatrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurash oyligi munosabati bilan tadbirlar tashkil etilayapti. Temir yo‘l yaqinidagi ta`lim muassasalarida, mahallalarda, temir yo‘l korxonalarida va  temir yo‘lga yaqin xonadonlarda fuqarolar o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlarini olib borayapti.

            B. VAITOV,

          Transportda XTB XPG katta inspektori, mayor

          U. ABDUMURODOV,

         Transportda XTB XPG katta inspektori, kapitan