Yashil makon – yaxshi imkon

Ma`lumki, so‘nggi yillarda tumanimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Ushbu loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tuman Kengashi deputatlari Q. Chorshanbiyev, M. Nomozov va R. Mengziyayevalar tanishdi. Yurtimizni ekologik tahdidlarning salbiy ta`siridan himoya qilish maqsadida barcha hududlarda «Yashil makon» umummilliy loyihasi tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.