Jarrohlik amaliyotida innovatsion texnologiya

Tuman tibbiyot birlashmasining Qo‘shma jarrohlik bo‘limiga yangi ”Karl Stors endoskopik laboroskopi” apparati olib kelinib, o‘rnatildi. 1 milliard so‘mlik yangi turdagi jarrohlik apparati tumanlar ichida birinchi bo‘lib bu tibbiyot muassasasida amalda qo‘llanayapti. Yangi texnologiya jarrohlik amaliyotini engillashtirib, bemorlarning ichki a`zolarini 8-10 barobar kattalashtirib ko‘rsatayapti. Bemorlarda jarrohlik ishlarini bajarishda qo‘l kelayapti.

Jarrohlar bu apparat yordamida yangi turdagi innovatsion kichik invazit jarrohliklarni amalga oshirayapti. O‘t qopini olish, qorin bo‘shlig‘idagi kistalarni olish, qorin bo‘shlig‘i va ko‘krak qafasi organlarining diagnostikasi, ginekologik jarrohlikda kistalarni olish, ixtiyoriy jarrohlik kontratseptsiyasi qilish, homiladorlik jarrohligi, oshqozon va ichak yaralarining teshilgan joylarini tikish amaliyotlarini bajarayapti. Bu tibbiyot jarrohlik ishlarida asosiy o‘rinni kichik invazit va innovatsiya usuli egalladi.

Jarroh O‘rol Bozorov Akademik V. Vohidov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida bu yangi texnologiyani amalda qo‘llashga o‘qib keldi. Ulug‘bek Musayev rahbarligidagi jarrohlar Qo‘chqor Mirzayev, Xoliqul Boboqulov, O‘rol Bozorov shu yangi apparatda bemorlarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazmoqda. Ular bir oy davomida 15 ta jarrohlik ishini yangi usulda bajardi. Hammasida ijobiy natijalarga erishdi, bemorlarda asoratlar yo‘q.

     N. MUHAMMADIYEV