Xalq va armiya yakdil

Har bir yigit harbiy xizmatga borib, Vatan oldidagi muqaddas burchini bajarishni orzu qiladi. O‘z navbatida harbiy xizmat mardlik va jasurlikni talab etadi. Biz jannatmakon yurtda yashayapmiz. Bu yurtni yomon ko‘zlardan, g‘alamis niyatli shaxslardan asrasakkina, ko‘zlangan maqsadimizga erisha olamiz.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ona yurtga sadoqatli va jasur qilib kamolga yetkazish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. DXX Chegara qo‘shinlari harbiy qismlari tomonidan chegaraoldi hududlarida turli tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, Surhondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani Qarsoqli mahallasida joylashgan 80-umumta’lim maktabi o‘quvchi yoshlari uchun  »Xalq va armiya yakdil»  mavzusida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida xizmat itlari yordamida chiqishlar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

                                             Sardor Xolmamatov,

                                                  harbiy xizmatchi