O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi “Sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan Ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-33-sonli farmonining 36-bandiga asosan tuman hokimi Anvar Normamatov Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida tahsil olayotgan doimiy yashash joyi Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘lgan hozirda tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan 28 nafar bitiruvchi shifokorlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida tuman hokimi faqatgina sog‘lom xalq, barkamol millat buyuk ishlarga qodir bo‘ladi. El-yurtimiz azaldan shifokorlarni, inson salomatligini asrashdek ezgu va savobli ishga, butun borlig‘ini bag‘ishlagan fidoyi zotlar deb biladi va hamisha qadrlaydi. Chunki odamlar sizlarga o‘zlarining eng bebaho boyliklarini – hayotlarini ishonib topshiradi deb ta’kidlab o‘tdi. Shundan so’ng yosh shifokorlarning taklif va muammolarini tingladi.
Bitiruvchi yosh shifokorlar tibbiyot uchun zarur bo‘lgan uskunalar va kompyuter jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha murojaat qilishdi. Tuman hokimi yosh shifokorlarning murojaati bo‘yicha zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlab, bemorlar bilan ishlash uchun qulay shart-sharoit yaratib berishini aytdi.