XOTIRA XIYOBONI

5-sonli umumta’lim maktabi «Qarsoqli» mahallasida joylashgan.Yaqinda maktab hovlisidagi mo’jazgina archazor «Xotira xiyoboni»ga aylantirildi.

«Xotira xiyoboni» uzoq yillardan buyon maktabda faoliyat yuritib kelayotgan ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi, jonkuyar ustoz Dilbar  Bozorova tashabbusi bilan tashkil etildi.

Dilbar Bozorova o’quvchilardan eng avvalo ko‘proq badiiy adabiyotlar o‘qishni talab qiladi. Darslarini adabiyotdagi yangiliklar, o‘zgarishlar, yutuqlar bilan boshlashni odat qilgan. Dilbar Bozorovani o‘quvchilar juda hurmat qiladi, ustoz ishonchini oqlashga intiladi. Ijodkor o‘quvchilarga alohida e’tibor qaratadi. O‘quvchilari bilan birgalikda shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiga bag‘ishlab badiiy kechalar o‘tkazadi. Shogirdi Charosning gazetada yoritilgan sh’erini ko’rib rosa quvondi, albatta bunda ustoz e’tibori va ko‘proq kitob o‘qishi tufayli erishiladi. Nojo‘ya xatti-harakat qilgan o‘quvchining uyiga borib yoki ota-onasini chaqirib suhbatlashadi. Maktab tashkiliy ishlariga ham bosh-qosh.

                                                                    Z. Beknazarova,

                      Madaniy-ijodiy masalalar bo’yicha targ’ibotchisi