OLLOHIM     ASRAGIN    ONAJONIMNI!

Mehri  iliq  misli  bir  bahor, 

Muhabbati  hapqirgan   anhor,

Beg‘ubor   yuragin og‘ritma  zinhor,

Yashirolmam  hisim-hayojonimni,

Ollohim asragin ONAJONIMNI!

                         Hasratlar  ko‘p  ko‘rgan sochlarida oq,

                         Vijdoni tilagi iymonidir pok,

                         Boshidan ne-o‘tdi  o‘zingsan guvoh,

                         Dunyoda tengi yo‘q  tengi yo‘q insonimni,

                         Ollohim asragin ONAJONIMNI!

Yuz yoshlarni ko‘rsin, ko‘rsin iloyim, 

Jajji kaftlarimda qilgan duoyim,

Tilagim ijobat ayla hudoyim,

Og‘zi to‘la kalima bud iymonimni,

Ollohim asragin ONAJONIMNI!

Ona omon bo‘lsin boshim silagan qo‘ling,

Bugun ifor sochar bog‘dagi guling,

Menga ochiq bo‘lsa boshlagan yo‘ling,

O‘z qo‘limda yozay qalb dostoningni,

Onajon duo qil qizalog‘ingni!

Men bo‘lay sen uchun bahor chechaging,

Bugun asqotadi aytgan ertaging,

Mening ko‘zimda ko‘r porloq ertaning,

Erkalab o‘stirgan qalb ardog‘ingni,

Onajon duo qil qizalog‘ingni!

                                         SHAHRIBONU ASADULLAYEVA, 

                                     50-maktabning  8-sinf  o‘quvchisi