Qumqo‘rg‘on tuman XTB ga qarashli 5-sonli umumta’lim maktabida xotin-qizlar raisasi, texnologiya fani o‘qituvchisi Boysoatova O‘razgul, maktab amaliyotchi psixologi G‘affarova Mavluda hamkorlikda 8-sinf qizlari bilan «OQILA QIZLAR» ko‘rik-tanlovini tashkil etdi. Bundan maqsad qizlar ertaga hayotda o‘z o‘rnini topa oladigan, ma’naviyati yetuk shaxs bo‘lib yetishishi uchun, kelajak avlodga yaxshi ta’lim va tarbiya bera oladigan, komil inson bo‘lishiga harakat qilish. Tanlov shartlar asosida o‘tkazildi. Tadbirga «Qarsoqli», «Imomtepa», «Chayontepa» mahallalaridan vakillar tashrif buyurdi. Tadbir so‘nggida maktab ma’muriyati va mehmonlar «OQILA QIZLAR» ishtirokchilariga faxriy yorliq va estalik sovg‘alarini topshirdilar.
Qiz bola dunyoga kelganida unga chiroyli ism qo‘yiladi.Buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning fikricha, bola tarbiyasi ona qornidayoq boshlanar ekan.
Qiz bola bir yoshga yetganida ikki qulog‘ini teshib isirg‘a taqiladi. Qizlar tarbiyasi bilan, asosan buvilar va onalar shug‘ullanib, hamisha ular e’tiborida va nazoratida bo‘lishgan.
Qizlar bor uyda tashqaridan biror bir kishi kirib kelsa, qizlar darrov o‘rinlaridan turib, salom berishga o‘rgatib borilgan.
Shuningdek, kattalar bilan suhbatlashayotganda, qizlar o‘zlarini vazmin tutishga, berilgan savollarga ularning yuziga tik qaramay, muloyimlik bilan javob berishga undagan.
To‘g‘ri qizlarimizning ilmli bo‘lishlariga ajdodlarimiz katta ahamiyat berishgan. Shu boisdan o‘tmishda ko‘plab bilimli, dono, aqlli, tadbirkor ayollarimiz bo‘lishganki, ular nafaqat bizda, balki butun jahonga mashhurdir.
Nazokatli qizlarim, siz mana shunday zotlarning avlodi ekanligingizni unutmang.Ulardan har qancha o‘rnak olsangiz arziydi.
Go‘zal bo‘lishingiz bilan birga salomlashish qoidalarini ham o‘z o‘rniga qo‘yishingiz lozim.
Oqilalik bilan birga sog‘lom ham bo‘lishingiz lozim.
– Sizlar kelajakda ma’naviyati yetuk, ota-onangizning, Vatanimizning, xalqimizning oqila qizi bo‘lib, hayotda munosib o‘rningizni topib, davlatimiz taraqqiyotiga o‘zingizning munosib hissangizni qo‘shasiz.
-Latofatli qizlarim! Oqila qizlarim!
Ona zaminni, ona xalqimizni, ona tabiatni seving, uni asrang. Qalbingizni pok tutib, ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan, urf-odatlarimizga, qadriyatlarimizga amal qiling.
Z. Beknazarova,
ijodiy – madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi