Xavfsiz yo‘l – osoyishta hayot

Mamlakatimizdagi umumta`lim maktablarida hamda maktabgacha ta`lim tashkilotlarida yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi sinfxonalar tashkil etiladi.Bu borada Qumqo‘rg‘on tumanidagi umumta`lim maktablarida hamda maktabgacha ta`lim tashkilotlarida qanday ishlar amalga oshirilmoqda. Ma`lumot olish uchun  tuman IIB JXX YHXG katta inspektori, katta leytenant  Nurbek Bekmatov bilan suhbatlashdik:

Qumqo‘rg‘on tumanida 2022 yilda nechta umumta`lim maktabida hamda maktabgacha ta`lim tashkilotlarida yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi sinfxonalar tashkil etildi?

 “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi asosida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qaror ijrosini ta`minlash maqsadida  tumandagi  1, 3, 4 – son davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida hamda  1, 2, 23, 33, 39, 80- sonli umumta`lim maktablarida yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi sinfxonalar tashkil etildi. Shuningdek, 1, 2, 23-sonli umumta`lim maktablarida “Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi maydon”lar ham qilindi.

2023 – yildan boshlab qolgan barcha maktabgacha ta`lim tashkilotlari,umumta`lim maktablarida bosqichma –bosqich tarzda  “Yo‘l harakati xavfsizlik xonasi” va “Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi maydon” lar tashkil etiladi.

 Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasining har o‘ninchi qurboni bolalardir. “Yo‘l harakati xavfsizlik xonasi” va “Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi maydon” larning tashkil etilishidan asosiy maqsad nima?

Shahrimiz va mamlakatimizda yildan-yilga avtotransportlar soni ortib bormoqda. Harakatlanuvchi mashinalar oqimi bo‘lgan shahar ko‘chalari bolalardan yaxshi yo‘nalishni talab qiladi va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida ko‘nikma shakllanadi. Avtomobil transportining jadal rivojlanishi, harakat intensivligining ortib borishi bolalar xavfsizligini ta’minlash kabi jiddiy vazifani qo‘ymoqda. Bola ko‘chaga va unda sodir bo‘ladigan hamma narsaga qiziqadi. Va ko‘pincha, g‘ayrioddiy narsaga duchor bo‘lib, u ko‘chada, ayniqsa yozda xavfli vaziyatlarga tushib qoladi. Shuning uchun allaqachon maktabgacha yoshda bolalarni yaqin atrofda harakat qilishni o‘rgatish kerak. Bolalar bilan sodir bo‘ladigan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan bolalarga yo‘l harakati qoidalarini tushuntirish, ko‘cha va yo‘llarda intizomli, madaniyatli yurish ko‘nikmalarini shakllantirish borasidagi ishlar muhim o‘rin tutadi. Axir, bolaning to‘xtash masofasi, haydovchining ko‘nikma vaqti yoki transport oqimi nima ekanligini tushunish qiyin. Bolalar ko‘pincha mashinadan kelib chiqadigan xavfni tushunmaslikdan aziyat chekishadi. Maktabgacha tarbiya dasturida birinchi kichik guruhdan boshlab bolalarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish ko‘zda tutilgan. Tarbiyachilarning ish rejasiga bolalar bilan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq ishlashning ekskursiya, kuzatish, suhbat, rasmlarga qarash, asarlar o‘qish, she`r yodlash, turli didaktik va rolli o‘yinlar kabi shakllari kiritilgan.

Yurtimizga  sovuq havo massasi kirib kelishi yuzasidan haydovchilar o‘rtasida targ`ibot – tashviqot ishlari qay darajada amalga oshirilmoqda?

Joriy yilning  9 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga  Volga bo‘yi  hududlaridan  Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.10-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob – havo bo‘lishi kutilmoqda.Yo‘llarda ba`zi joylarda yaxmalak bo‘lishi kutilmoqda. Baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida tumandagi Bosh bekatda haydovchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Sovuq ob-havoda harakatlanayotganda, atrofni tuman qoplaganida, yo‘llarda yaxmalak hosil bo‘lganda haydovchilarga tezlikni oshirmasliklari tushuntirildi.

Aziz haydovchi Sizni oilingiz, farzandingiz kutmoqda.

Rayhon Mengziyayeva suhbatlashdi