E`TIROF – 2022

Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi binosida yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish yo‘lida qilinayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalarni belgilab olish va yangidan-yangi zafarlar sari ruhlantirish maqsadida «E`TIROF – 2022» tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Qumqo‘rg‘on tuman hokimi Anvar Normamatov o‘tayotgan yilni sarhisob qilib, olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida barcha sohalarda ulkan o‘zgarishlar yuz berayotganligini, jumladan tumanimizdagi har bir mahalla va oilaning tinch va farovon hayot kechirishi uchun oldimizda keng ko‘lamli katta vazifalarni amalga oshirish turganligini, mahallalarda o‘zaro hamkorlikda ishlash tizimini kuchaytirish lozimligini ta`kidladi.

Tadbir yakunida mahalladagi yoshlar yetakchilari, «Besh tashabbus» olimpiadasi g‘oliblari va doimiy hamkorlikda samarali ishlaganligi hamda shaxsiy namuna ko‘rsatgan bir guruh faollar e`tirof etilib tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.