Respublikamizning barcha ta`lim muassasalarida 2022 yil 15 dekabrdan 2023 yil 15 yanvargacha “Ommaviy Vatanparvarlik oyligi” o‘tkazilmoqda. Mazkur oylikning mazmunidan o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga sadoqatli, Vatanni sevish, uning tinchligini sidqidildan himoya qilish tushuniladi. Tadbirda umumta`lim maktablarida o‘quvchilar o‘rtasida harbiy musobaqalar tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Shunday harbiy sport musobaqalari tumandagi 31, 81- maktablarida bo‘ldi. Musobaqa shartlari “Saf qo‘shig‘i”, “Tez tibbiiy yordam ko‘rsatish”, “Temur tuzuklari bilimdoni”, “Harbiylashtirilgan estafetali yugurish” turlari bo‘yicha o‘tkazildi. 81-maktabning “Temur izdoshlari” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Ular 2-bosqich “Vatanparvar” harbiy sport musobaqasiga yo‘llanmani oldi.
Xoliyor QURBONOV,
81-maktabning CHQBT fani rahbari