Pirotexnika vositalariga qarshi kurash

Qish fasli sovuq, bulutli damlari bilan odamlarga qiyinchliklar keltirmoqda.Hamma sovuqdan jism-u jonlarini asrashga intilayotgan bir paytda pirotexnika vositalarini panqillatib xurmacha qiliqlar qilayotgan ayrim yoshlar qo‘shimcha tashvish keltirayapti.

Ular oqibatini o‘ylamay savdoga chiqarilayotgan pirotexnika vositalarini sotib olmoqda. Bir necha daqiqa vaqtini chog‘ qilish uchun dam olish vaqtida panqillatib bezovta qilayapti. Aholi har yili yangi yilni intizorlik bilan kutayotgan paytda savdo rastalarida pirotexnika vositalari sotilishi avjiga chiqayapti. Sotuvchilar to‘g‘ri fikrlab, keraksiz matohni sotish o‘rniga zarur mahsulotlarni sotganda hali voyaga yetmagan yoshlarning qo‘llariga yomon oqibatlarga olib kelayotgan panqilloqlar tushmasdi.

Hozir pirotexnika vositalaridan tan jarohati olgan, terisi kuyib ko‘rimsiz holatga kelganlar ham uchrayotganligi tashvishlanarli. Shuning uhun bunday hodisalarning olini olish zarur. Hurmatli fuqarolar farzandingizning pirotexnika vositalari xarid qilish va olov bilan o‘ynayotganiga befarq bo‘lmang. Ularni bu xurmacha xatti-harakatlardan qaytaring.

                    M. Tangirov,                                                                                  

tuman IIB JXX XPB VЕ va YOUXPTEG katta inspektori, kapitan