Muhtaram Prezidentimiz 402 kishini afv etdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 dekabr kuni «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi. Hujjat mamlakat Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan qabul qilindi.

Farmonga muvofiq bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 402 nafar shaxs afv etildi. Afv qilinganlar orasida tumanimizdagi “Bo`ston” mahallasida istiqomat qiladigan A. D  (ismi familiyasi o‘zgartirilgan) ham bor. A. D  26 yoshda. Toshkent shahrida ijarada yashab, kunlik ishlarga chiqib oilasini boqqan. Ayolning joni qirqta deb bejizga aytishmagan. Hayotning qiyinchiliklariga bardosh berish oson ish emas. A. D ham 18 yoshida sha`riy nikoh asosida turmushga chiqadi. Turmush o‘rtog‘i bilan 5-6 oy yashab kelishmovchiliklar sababli ajrashishadi. 2015 yil o‘g‘il farzandli bo‘ladi.  U yolg‘iz ona, o‘g‘lini o‘zi voyaga yetkazadi.2019 yilda oilasidagilarning tavsiyasi asosida ikkinchi bor turmush quradi. 2020 yil o‘g‘il farzandli bo‘ladi. Turmush o‘rtog‘i hech qayerda ishlamasligi sababli 10 kunlik chaqalog‘ini tashlab ishga chiqib ketadi.Bora-bora ro‘zg‘oridagi yetishmovchiliklar oilaviy janjallarga aylanadi. A. D  ‘g‘lini olib boshqa ijara uyga chiqib ketadi. Kimlardir farzandga zor,yana kimlarningdir oilasida farzand xor. A. D ning hayotidagi katta burulish aynan shu daqiqalardan boshlanadi.Urush yillarida ham xokisor onalarimiz 10,15 ta farzandini begonalarning qo‘liga topshirmasdan o‘zlari katta qilishgan. Biroq A. D bu qiyinchiliklarga ko‘nika olmadi. Ijarada birga istiqomat qiladigan dugonasining gapiga kirib dilbandini katta mablag‘ evaziga sotishga qaror qildi. 7000 $ pul mablag‘ining ma`lum qismini olayotgan vaqtda tegishli xodimlar tomonidan qo‘lga olindi.Insoniyat yaralibdiki, ona munis zot sifatida e’zozlanadi. Hurmat bilan munosabatda bo‘lishga da’vat etiladi. Onani qadrsizlashga bee’tibor hech bir millat yo‘q… Ayniqsa, hazrat Alisher Navoiyning:

“Onalar oyog‘i ostidadur Ravzayi jannat bog‘i.

Ravza bog‘ing istasang, Bo‘l onaning oyog‘ing tuprog‘i” bayti bu zotning qanchalar buyukligini yaqqol namoyon qilgan. A. D bugun qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymon. Vaqtni ortga qaytarib bo‘lganda qilgan xatoimni hech qachon takrorlamagan bo‘lar edim deydi, ko‘zlarida yosh bilan A. D. A. Dning oilaviy ahvolini hamda yashash sharoiti bilan tanishish uchun tuman IIB JXX Probatsiya xizmati boshlig‘i kapitan A. Qosimov, tuman IIB JXX katta inspektori leytenant M. Jo‘rayevalar ularning xonadoniga bordi. Bandligini ta`minlash maqsadida A. D ga tikuv mashinasi berilib, ishga joylashtiriladigan bo‘ldi.

                                     Rayhon Mengziyayeva